Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Amudaryo tumani adliya bo‘limi tomonidan fuqaro A.Hning dividend pullarini undirish haqidagi murojaati ijobiy hal qilindi


Amudaryo tumani adliya bo‘limi tomonidan fuqaro A.Hning dividend pullarini undirish haqidagi murojaati ijobiy hal qilindi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi Amudaryo tumani adliya bo‘limiga Amudaryo tumani Qilichboy OFYning Toza yop mahallasida yashovchi fuqaro A.H “AMUDARYO PAXTA TOZALASH” AJda 40 yil mehnat qilganligi, hozirgi kunda dividend pullarini ololmay yurganligi sababli dividend pullarini olishda amaliy yordam berishni soʻrab murojaat qildi.
Amudaryo tumani adliya bo‘limi fuqaro A.Hning murojaati boʻyicha “AMUDARYO PAXTA TOZALASH” AJga fuqaro A.Hning jamiyatdagi aksiyasi mavjudligi, dividend pullari hisob-kitob qilinmayotganligi yuzasidan ma’lumot soʻralganida “AMUDARYO PAXTA TOZALASH” AJdagi fuqaro A.Hning aksiyalari mavjudligi va dividend pullarini hisob-kitob qilishlarini ma’lum qildi.
Tumani adliya bo‘limi aralashuvi bilan fuqaro A.Hga “AMUDARYO PAXTA TOZALASH” AJdan 296 000 (Ikki yuz toʻqson olti ming) soʻm pul mablagʻi dividend hisobiga undirib berildi va fuqaro A.Hning murojaati qanoatlantirildi.

    
Amudaryo tumani adliya bo’limi M.S.Sadikov