Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.04.2024 yildagi “Yoqilg'i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi 204-son qarori qabul qilindi


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.04.2024 yildagi “Yoqilg'i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi 204-son qarori qabul qilindi

Iste'molchilarni yoqilg'i-energetika resurslari bilan ishonchli tarzda ta'minlash, aholi xonadonlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari o'rnatilishini va energiya tejovchi texnologiyalar keng joriy etilishini rag'batlantirish, yoqilg'i-energetika resurslari narxlarining shakllanishini bosqichma-bosqich bozor tamoyillariga o'tkazishni davom ettirish maqsadida mazkur qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
-2024-2025 yillarda yoqilg'i-energetika resurslari narxlarining bosqichma-bosqich o'zgarish grafigi;
-2024 yil 1 maydan aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik iste'molining bazaviy me'yorlari.
Shuningdek 2024 yil 1 mayga qadar:
-Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi tabiiy gaz va elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash, sotish va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish tariflarini, elektr va issiqlik energiyasi, shuningdek, tabiiy gaz iste'molchilari va ulgurji qayta sotuvchilardan tushadigan mablag'larni taqsimlash tartibini tasdiqlaydi;
-Statistika agentligi yoqilg'i-energetika resurslari narxlari oshishini hisobga olgan holda minimal iste'mol xarajatlari qiymatini qayta ko'rib chiqadi.
Bundan tashqari quyidagi toifadagi iste'molchilar uchun yuzaga kelishi mumkin bo'lgan qo'shimcha xarajatlarni qoplash bo'yicha vaqtincha kompensatsiya joriy etiladi:
-“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali kam ta'minlangan oilalar, bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilalar;
-Yagona reestrga kiritilmagan, “Mahalla yettiligi” xulosasi asosida aniqlanadigan qo'shimcha ehtiyojmand oilalar.
Shuningdek, isitish mavsumida (noyabrdan fevralga qadar) ehtiyojmand oilalarga quyidagi kompensatsiya turlari taqdim etiladi:
-noyabr' oyida – 270 ming so'm miqdorida bir martalik moddiy yordam;
-elektr energiyasi va tabiiy gaz bo'yicha quyidagi miqdorlardagi iste'mol uchun bazaviy me'yor doirasidagi hamda bazaviy me'yordan oshgan narxlar o'rtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi:
– tabiiy gaz uchun – oyiga bazaviy me'yordan ortiq foydalanilgan 250 kub metrgacha;
– elektr energiyasi uchun – oyiga bazaviy me'yordan ortiq foydalanilgan 150 kVt soatgacha.
  Xulosa o'rnida mazkur qaror hujjati, Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va qaror kuchga kirdi.

Taxiatosh tumani adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi boshlig‘i Babanov Oybek Abdikadirovich